♨️
Aruziylar (aruzshunoslar) zihof va furuʼlarni tushuntirishda asosan ikki xil yoʻldan borishadi.
Alisher Navoiy fors-tojik va turkiy sheʼriyatda amalda qoʻllanadigan beshta asl ruknning zihoflarini alohida sanab izohlaydi va furuʼlarini keltiradi. Bu nisbatan sodda usul boʻlib, aruzga endi kirishayotgan kishilar uchun qulay.
Bobur esa asl ruknlarning zihoflarini sanab oʻtishdan oldin har bir zihofning oʻzini izohlaydi va uni asl ruknlarda qoʻllash boʻyicha koʻrsatma beradi. Bu usul bir oz murakkab boʻlsa-da, nazariy jihatdan puxta. Zero zihofning oʻzini tushunib olgan kishi uni mustaqil tarzda asl ruknlarda amalga oshirishi mumkin boʻladi.📚 S.Tohirov. “Aruz vazni qoidalari”
@aruz_arzi