View in Telegram
♨️ Alisher Navoiy “zihof”ni quyidagicha taʼriflaydi: “Va bu besh aslning har biriga necha farʼdurkim tagʻayyurlar sababidinki, ani aruziylar “zihof” derlar, hosil boʻlur” (Va bu besh aslning har birida oʻzgarishlar sababidan yangi shakllar hosil boʻladiki, aruziylar uni zihof deb ataydilar). Bobur esa yanada aniqroq qilib: “Bilgilki har tagʻayyurkim usulgʻa kirar ani “zihof” derlar. Ul rukni mugʻayyarni muzohafu furuʼ derlar. Bu tagʻayyur yo mufrad boʻlur, yo murakkab. Mufrad uldurkim, bir ruknda bir navʼ tagʻayyyurdin koʻprak voqiʼ boʻlmagʻay. Murakkab uldurkim, bir navʼdin ziyoda boʻlgʻay”, deb yozadi. Shuningdek, “tagʻayyur”ni yana-da aniqlashtirib “…ruknning mutaharrikini sokin qilmoqdur, yo rukndin oʻksutmak, yo rukngʻa ortturmak”, deb sharhlaydi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily