Yana bir misol:“Faʼuvlun” rukni “qasr” usuli (zihofi)da qisqartirilganda uning oxiridagi sababi xafif (-lun) toʻlaligicha olib tashlanmaydi. Undagi sokin “nun”(“n”) harfi olib tashlanib, harakatli “lom” harfi sokinga aylantiriladi. Natijada, faʼuvl qoladi. Bu usul (zihof)ning hosilasi (furuʼi) “maqsur” deyiladi.