View in Telegram
ARUZ ARZI
Izoh: Jadvaldagi ma’lumot Boburning “Muxtasar” asari asosida berildi. Bobur shuningdek, “fo’ilotun” va “mustaf’ilun” ruknlarining ikki xil yo‘l bilan hosil qilinishini ham qayd etadi. Jumladan: fo-’ilo-tun (sababi xafif + vatadi majmu’ + sababi xafif) hamda…
❗️ASL RUKNLARNING OʻZGARISHI, ZIHOF VA FURUʼLAR Yuqorida koʻrib oʻtganimiz sakkizta asl rukn ayni holatda solim ruknlar hisoblanadi. “Solim” soʻzi arab tilida toʻliq, butun degan maʼnoni bildiradi. Aruz nazariyotchilari, xususan, Xalil ibn Ahmad, mazkur solim ruknlarni turli tarzda oʻzgartirish natijasida qisqargan, aniqrogʻi, oʻzgargan shakllarini yuzaga keltirishgan. Masalan: “Faʼuvlun” rukni ayni holatda solim hisoblanadi. Yuqorida koʻrganimizdek, bu rukn bitta vatadi majmuʼ va bitta sababi xafifdan tashkil topgan. Faʼuv — ikkita harakatli va bitta sokin harf. lun — bitta harakatli va bitta sokin harf. Ushbu rukn “hazf” usulida qisqartirilganda, uning oxiridagi sababi xafif (-lun) toʻlaligicha olib tashlanadi. Natijada faʼuv qoladi. Uning oʻrnida talaffuzi qulayroq boʻlgan faʼul soʻzi qoʻllanadi. Chunki bu ikki soʻz harakatli va sokin harflar tarkibi va paradigmasiga koʻra tengdir. “Hazf” usuli natijasida hosil boʻlgan rukn “mahzuf” deb aytiladi. Biz yuqorida “qisqarish usuli” deb nomlagan hodisa aruz tilida “zihof”, “qisqarish natijasi” esa “furuʼ” atamasi bilan yuritiladi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily