View in Telegram
#davomi Beixtiyor yod bo‘lib ketgandi bu baytlar va takrorlab yurardim. Biroq Nizomiy buni qaysi asarida va kimga qarata aytgan — ma’lum emasdi. Maktab devorida osig‘liq turganiga qaraganda, biz o‘quvchilarga atab aytilgan bo‘lsa kerak, deb gumon qilardim.      Yaqinda Nizomiy Ganjaviyning dostonlari elektron formatda oldimdan chiqib qoldi. Birinchi “Layli va Majnun”ni boshladim. Endi ayrim baytlar yoki epizodlar bo‘yicha taassurotlarim bilan bo‘lishmoqchiman. Maqsadim ilmiy tadqiq emas, ayni paytda, atay ilmiylikdan qochishni ham ma’qul ko‘rmayotirman. Bayon tarzi masalasida Hazrat Navoiy aytmoqchi, “Qazo ilkiga bermishmen inoni ixtiyorimni”. Taqdim etiladigan fikr qatralari uchun qo‘yilgan Rim raqamlarining doston boblariga aloqasi yo‘q. Qo‘llab-quvvatlovchilar bormikan? @aruz_arzi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily