View in Telegram
Ilon Maskning haqiqat haqidagi davolari mani xavotirga soladi. U twitter orqali haqiqatga erishish, haqiqatni topish haqida ko‘p gapiradi. Shuningdek, sun’iy intellekt haqiqat himoyachisi bo‘lishi kerakligi, u haqiqatni topishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlaydi. Tarixan, haqiqatga davo qilganlar insoniyat uchun xavf bo‘lgan. Oldin davo haqiqatni topishdan boshlangan, keyin mening yoki bizning haqiqatimiz haqiqiy haqiqat degan davoga o‘tilgan. Yakunda, tanlangan haqiqiy haqiqatni qabul qilmaydiganlar jazolangan, qon oqqan, urushlar bo‘lgan. Gitler ham, Stalin ham yoki boshqa har qanday xavfli g‘oya, ularning boshchilari haqiqatni davo qilishgan. O‘zlarining haqiqatlarini haqiqiy haqiqat deb, ko‘nmaganlarga ozor yetkazishgan. Haqiqat nisbiy tushuncha, makonga, zamonga, muhitga qarab o‘zgaradi. Bir kishining, bir guruhning, bir millatning, bir g‘oyaning haqiqati boshqasinikidan farq qiladi. Va haqiqatning o‘zi ham zamonga qarab o‘zgarib boradi. Hatto, ilm-fanning haqiqati ham o‘z-o‘zini tuzatish mexanizmi sababli o‘zgarib boradi. Umumiy, tarixiy voqelikni ko‘rsa, haqiqatni davo qilgan har qanday ideologiya, shaxs yoki guruh mani xavotirga soladi. Ilon Mask buyuk tadbirkor, innovator. Lekin, u twitter orqali saylovlarda pozitsiya olgandan boshlab uni faqat tadbirkor sifatida ko‘rishni bas qilish kerak. Endi u siyosatchi, siyosiy figura. Xavfliligi, uning qo‘lida boshqa siyosatchilardan farqli ravishda katta informatsion infratuzilma bor. Bu uning xavfini yanada oshiradi. #mulohaza @allaevuzb
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily