Jahonda elektron savdo hajmi 2024-yilda 6.27 trillion AQSH dollariga yetibdi.
2029-yilda bu ko'rsatgich 8.48 trillionga yetishi aytilmoqda.
O'zbekistonda ham o'tgan yili elektron savdo tez rivojlanib, umumiy savdoning 3.2 foiziga yetgani aytilmoqda. Bu Uzum, temu kabi platformalar O'zbekiston bozorida sotuv madaniyatini o'zgartirayotganligi bilan bog'liq.
Yaqinda Yandex Lavka ishga tushgandi. Shuningdek, Yandex 2025-yilda O'zbekistonda Yandex Marketni ishga tushirish uchun yaqinda tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazdi.
2027-yilga borib elektron savdoning hajmi umumiy savdoga nisbatan 10 foizdan oshishi, raqamda bo'lsa 2.5 milliard USDdan oshishi aytiladi.
#marketpleys
@allaevuzb