View in Telegram
Allaev Uz
2025-yil 1-yanvardan boshlab tugʻilgan bolalar yangi "beta avlod" vakillari boʻlishadi. Bu avlod boshqa avlodlardan sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotiga kirib kelgan, ular bilan oʻsgan, ekologiyaga juda eʼtiborli avlod boʻladi. Bepul jamoat…
O'zi avlodlarga bo'lish nimaga kerak degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bu demografiya, sotsiologiya va marketing (biznes) uchun muhim. Shundan kelib chiqib jamiyat tahlil qilinadi. Biznes va marketing jihatidan kelib chiqsak, avlodlarning iste'mol madaniyati, ma'lumot qabul qilishi o'z davriga xos muammo va texnologiyalarga qarab o'zgarib borgan. Biznes ham o'z auditoriyasini segmentatsiya qilganda, marketing kanallarini auditoriyadan kelib chiqib tanlaydi. Deylik, Gen Z va Gen Alpha televizor deyarli ko'rmaydi. Mijozlari asosan shu avloddan iborat bo'lgan bizneslar e'tiborni ko'proq boshqa marketing kanallariga qaratishadi. Aksincha, mijozlari asosan yoshi kattalar (Baby Boomer, Gen X) bo'lganlar, marketingni instagram va inflyuanserlarga qaratishi deyarli foydasiz. Sotsiologiya, demografiya va siyosatda ham aholini segmentlashtirish ularning madaniyati va kundalik hayotiga mos xulosalar olish va qarorlar berish imkonini beradi. #biznes @allaevuzb
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily