View in Telegram
Mamlakatda ichki stabillikni ta'minlash uchun ijtimoiy tartib va aholining institutlarga (organlar) bo'lgan ishonchi juda muhim. Mana shu ikki masaladan biri yomonlashgan holatda mamlakatda vaziyat taranglashadi, hatto natija ayanchli bo'lishi mumkin. Strategiya tuzganda, gʻoyaviy kurashda, qarorlar yoki qonunlar qabul qilinganda, umuman har qanday vaziyatda mana shu ikkita detal doim esda turishi zarur. Ijtimoiy tartibga xavf soladigan yoki aholining institutlarga bo'lgan ishonchini pasaytiradigan narsalardan ehtiyot bo'lish, bu ikki faktorga yomon ta'sir qilinganda zarari og'riqli bo'lishini doim ko'zda tutish kerak. Ijtimoiy tartibga yoki davlat institutlariga bo'lgan ishonchga xavf soladigan g'oyalardan ham ehtiyot bo'lish kerak, ularning salbiy natijalarini oldindan tahmin qilib bilish zarur. Xuddi biznes o'z mijozlariga moslashganidek, davlat institutlari (tashkilotlar) ham o'ziga bo'lgan ishonchni yaxshilash uchun doimiy fuqaroga yaxshiroq xizmat ko'rsatish maqsadida moslashib borishi zarur. Fuqarolarning institutlarga boʻlgan ishonchini pasaytiradigan harakatdan tiyilish, vaziyatlarda qaror berganda aksincha oʻsha ishonchni oshirish paradigmasidan kelib chiqib qaror berish zarur. #mulohaza @allaevuzb
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily