Surxondaryoda 10,2 mlrd so‘mli muddati o‘tgan kontrabanda sigaretlari yo‘q qilindi
Surxondaryo viloyati kontrabandaga qarish kurashish boshqarmasining tezkor amaliyoti davomida aniqlanishicha, yo‘q qilingan 749,9 ming quti sigaret O‘zbekistonga bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib kirilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, qiymati 10,2 mlrd so‘m bo‘lgan bu sigaretlar chet elda ishlab chiqarilgan, respublika hududiga olib kirish paytida ularning yaroqlilik muddati o‘tib bo‘lgan.
Bojxona qo‘mitasida qayd etishlaricha, bu tamaki mahsulotining qadog‘i sigaretning inson salomatligiga salbiy ta'sri haqidagi axborotga, tibbiy ogohlantirish va raqamli markirovka kodlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasiga ega bo‘lmagan.
Zaruriy markirovkasiz, muddati o‘tgan sigaretlarni olib kirish va tarqatish aholi salomatligiga tahdid soladi, zero iste'molchilar ehtimoliy xatarlar haqida xabardor bo‘lmaydi va mahsulotning qonuniyligini tekshirish imkoniga ega emas.
Kontrabandaning oldini olish bo‘yicha amaliyot O‘zbekiston bojxona organlari noqonuniy tovar olib kirishni aniqlash va oldini olish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirayotganini ko‘rsatadi.
Biroq, bu hodisa tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurashish uchun bojxona chegaralarida va mamlakat ichida nazoratni kuchaytirish kerakligini ta'kidlab ko‘rsatadi.
#bojxona
@allaevuzb