View in Telegram
#Adliya_xabari “Ijro intizomi — samaradorlik omili” Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi ishtirokida Xorazm viloyat hokimligida “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarida hamda shahar va tuman hokimliklarida ijro intizomiga masʼullar ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorining mazmun-mohiyati va joriy etilgan tizimning alohida jihatlari haqida maʼlumot berildi. Respublika ishchi guruhi vakillari ijro intizomini tartibga solishning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyatda nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi haqida toʻxtalib oʻtdi. Ishtirokchilar faoliyati davomida joriy qilinayotgan yangiliklar, qiyinchilik tugʻdirayotgan baʼzi holatlar yuzasidan masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. Shuningdek, hududda tarmoqlararo ijro intizomini tashkil etishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi. 📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily