#Adliya_va_yoshlar
Adliya vaziri oʻrinbosari Andijonda yoshlar bilan uchrashdi
Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Andijon viloyati Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi. Muloqot davomida vazir oʻrinbosari bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, shaxsiy huquq va erkinliklari hamda ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish masalalariga toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, adliya organlarining ish faoliyati, tizimga ishga kirish uchun taʼlim yoʻnalishlari hamda bitiruvchi yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida asosli tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar bir qator takliflarni ilgari surdilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazir oʻrinbosariga yoʻllashdi.
Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati bilan kelgusidagi ishlar muhokama qilinib, vazifa va rejalar belgilab olindi.
📌 Kanalga ulanish