#Adliya_xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi Fargʻona viloyatida davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari ish faoliyati bilan tanishmoqda.
Ishchi guruh birinchi ish kunida Quva, Toshloq tumanlari hamda Fargʻona va Quvasoy shahridagi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida fuqarolar va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar va uning samaradorligini oʻrgandi.
Jarayonlar davomida davlat xizmatchilari bilan individual tarzda suhbatlashilib, xizmat koʻrsatishni izchil yoʻlga qoʻyish borasidagi takliflar va muammolar bilan qiziqildi.
Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabullar tashkil etildi. Qabullar davomida tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish borasida tizim vakillari va ishbilarmonlar tomonidan oʻndan ortiq takliflar oʻrtaga tashlandi.
Bundan tashqari, xodimlarga ish sifatini yaxshilash, doimiy oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borish, fuqarolar bilan xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Xorijga chiqish pasporti va ID-kartalarni berishda integratsiya masalalaridagi takliflar alohida eʼtiborga olindi.
📌 Kanalga ulanish