#Adliya_xabari
Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Fargʻona viloyatiga xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi manzil markazdan olis Beshariq tumanining “Rapqon” mahallasi boʻldi.
U yerda vazir “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Akbar Toshqulov “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar, mavjud muammolarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, bugunning dolzarb masalalaridan biri — aholi tomonidan noqonuniy egallab olingan yerlarni hujjatlashtirish borasida Kadastr agentligining tuman boʻlimi xodimlari bilan alohida suhbatlashildi. Adliya vaziri aholiga qonunning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish hamda adolatli va samarali ijro etilishi yuzasidan fikr yuritdi.
Shuningdek, adliya vaziri Oʻzbekiston tumanining “Oxta tagob” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.
Vazir mahalla hududida aholi bilan uyma-uy yurib muloqot qilish, ularning kayfiyati va muammolarini oʻrganish, yoshlar bilan manzilli ishlash bilan bogʻliq vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. “Mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.
📌 Kanalga ulanish