Tez yordam xodimlariga murojaat qilganlar yolgʻiz, boquvchisi yoʻq, yoshlari bir joyga botib qolgan er va xotinlar boʻlgan.
Afsuski shu haftada, ushbu yolgʻiz er xotinlarning davolanish uchun boqib oʻtirgan qoʻylarini ham oʻgʻirlab ketishgan. Shu sababli ayolining qon bosimi koʻtarilib ketgan. Qoʻylar yoʻqolgani haqida eri Zomin tuman IIBsiga murojaat qilgan...
Aslida bunday oilalar tuman rahbariyatining doimiy nazoratida boʻlib, davolanishigacha davlat hisobidan boʻlishi kerak!
Shunday ogʻir ahvolda yashaydigan, yoshlari bir joyga borib qolgan er xotinning qoʻylarini oʻgʻirlaganlarga esa Allohning lanati boʻlsin!
Zomin tuman hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Zomin tuman boʻlimi hamda tuman IIBdan ushbu oilaning ahvolini oʻrganib, doimiy koʻmak berishlarini soʻrayman!
Insoniylik oʻlmaganini, Oʻzbekistonda xaliyam adolat borligini bu insonlar bilishi kerak!
@Zominiy_uz