MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BINOSI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
Zomin tumani 2-sektor hududidagi “Shirin” mahallasi Uzun qishlog‘ida 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
Shu munosabat bilan Uzun qishlog‘ida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyat prokurori B.Ibrohimov, Zomin tuman hokimi A.Abdug’aniyev, Zomin tuman prokurori X.Abdullayev, tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Mahmanazarov, Tuman tashkilotlari rahbarlari, mahalla mutasaddilari, mahalla faollari, oqsoqollar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini tez va sifatli bunyod etish yuzasidan quruvchilarga zarur tavsiyalar, topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
@Zominiy_uz