View in Telegram
#kitobdan 📖 Ikki she’r Ayriliq Uchdi yulduz barg kabi, Qarab qolding sen. Men ketarkan, «xat yoz» deb So‘rab qolding sen. Oydin edi u kecha. Sen ham oy eding. Ko‘zingda yosh, ko‘ksimga Yig‘lab bosh qo‘yding... Sochlaringni siladim «Qo‘zim, muhabbat, Kelaman, – deb, – oppog‘im, Kelaman, albat!» O‘sha kecha so‘ng marta O‘pding betimdan... O‘sha kecha sen qolding Yig‘lab ketimdan... Boraman! O‘qishlarim tugadi. Muhandis bo‘ldim. Har bir kichik hujayram Fan bilan to‘ldi. Uchib ketar edim tez Qanotim bo‘lsa... Eh, ko‘zlari shahlo qiz, Men endi ko‘rsam. Avvalgiday orziqib Seni sevaman... Unutganing yo‘qmi, qiz? Kutgin, boraman. Jadid adabiyoti namoyandalari, Usmon Nosir 🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily