#sarhisob 2024-yil nashriyotimiz uchun barakali yil bo‘ldi. Kitob ixlosmandlari uchun yaxshi kitoblar taqdim eta oldik, deb o‘ylaymiz.
Keling, ortda qolgan yil davomida qanday kitoblar nashr etilganini ko‘rib chiqsak:
⏺️«Jadid adabiyoti namoyandalari» turkumi doirasida
Alixonto‘ra Sog‘uniyning eng sara asarlari jamlangan kitob nashri bilan yil boshlandi.
⏺️Fentezi muxlislari uchun haqiqiy tuhfa bo‘lgan Jorj R.R. Martinning
«Taxtlar o‘yini» asarini hech shubhasiz nashriyotimizda Yil kitobi deb e’lon qilsak bo‘ladi.
⏺️Uzoq tanaffusdan keyin Mirzohid Muzaffar tarjimasi
bilan Madlen Millerning «Kirka» va Pol Osterning «Nyu-York trilogiyasi» kitoblari premyerasi bo‘lib o‘tdi.
⏺️Yil so‘ngini esa o‘zligimizni anglash, ming yillardan buyon og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan xalq dostonlari, qo‘shiqlar, ertaklar, topishmoq va tutallarni xalqimizga yana bir bor tuhfa etish baxtiga musharraf bo‘ldik.
«O‘zbek xalq og‘zaki ijodi» to‘plami Shomirza Turdimov boshchiligidagi O‘zRFAning bir guruh folklorshunos professor-olimlari bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Yakunlagan yilda qadrli kitobxonlarni yaxshi kitoblar bilan xursand qila oldik deb o‘ylaymiz.
🗓 Oldimizda turgan 2025-yil rejalari bilan sizni qisman tanishtirib o‘tsak. Bu yildagi asosiy maqsadimiz to‘plam kitoblarga e’tibor berish, ya’ni nashrdan chiqadigan kitoblar bir nom va turkum ostida birlashtiriladi.
⏺️«Jadid adabiyoti namoyandalari» turkumi yana davom etadi. Vadud Mahmud, Shokir Sulaymon, Elbek, Sadriddin Ayniy (
«Inqilob» romani ilk marotaba o‘zbekcha tabdili bilan), G‘oziy Yunus, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadidlarimizning nomlari to‘plamga qo‘shiladi.
⏺️2025-yil nashriyotimizda bolalar adabiyoti yili bo‘lishi kutilmoqda,
«Quyoshim» nomli 100 kitobdan iborat turkum uchun ishlar boshlanib,
«Terabitiya ko‘prigi» va
«Meri Poppins» kitoblari to‘plamni ochib beradi.
⏺️Tarjimon Ilhom Salimov bilan ham bir qancha kitoblar ustida ishlar boshlangan. Kitob nomlari hozircha sir, ammo yilning kutilmagan tuhfalari bo‘lishi aniq.
⏺️Ko‘pchilikning sevimlisiga aylangan 7 kitobdan iborat Klayv Steypliz Lyuisning
«Narniya solnomasi» to‘liq holda Sardor Salimov tarjimasida e‘tiboringizga havola etiladi. Kitoblar uchun mualliflik huquqi olinib, tarjima jarayoni ham yakunlanish arafasida va har bir kitob uchun illyustratsiyalar ishlanmoqda.
⏺️«Turkiy adabiyot durdonalari» rukni ostida professor Nasimxon Rahmonov bilan hamkorlikda tuhfa hozirlab qo‘yganmiz.
⏺️«Qirollar to‘qnashuvi»ni siz kabi biz ham kutyapmiz
😉⏺️Hattoki o‘zimizdan ham qizg‘anadigan sirlarimiz bor…⏺️Jorj R.R. Martindan ilhomlanib yangi yilda Jon R.R. Tolkinga murojaat qildik. Tolkin bobo faqat «Zabarjad Media» bilan ishlashni vasiyat qilgan ekan, yo‘q deya olmadik
😄 Yangi yilda bir-birdan qiziqarli nashrlar ila sizlarni xursand qilish istagimiz bor. O‘zbek kitob bozorini sifatli kitoblar bilan boyitish, o‘zbek kitobxoniga asl kitoblarni taqdim etish o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Zero kitob bir marta o‘qib foydalanib qo‘yiladigan buyum emas, yillar davomida javoningizni bezab, vaqt o‘tsa-da, qayta-qayta murojaat qiladigan haqiqiy xazinangiz bo‘lishi kerak.
🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!