1 yillik xatcho‘p 🔖
Noodatiy va foydali xatcho‘pni e’tiboringizga havola etyapmiz 😊
Yuqoridagi fayldan xatcho‘pni chiqarib olishingiz mumkin. U sizga bir yil davomida kitob o‘qishda hamroh bo‘ladi.
Foydalanish tartibi:
1. Tepa qismiga xatcho‘pdan foydalanayotgan yilingiz va shu yilda nechta kitob o‘qishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, kitoblar sonini yozib qo‘yasiz.
2. Asosiy jadvalni kunlik necha sahifa o‘qiyotgan bo‘lsangiz, o‘sha orqali to‘ldirib borasiz (
gorizontal qismida oylar, vertikal qismida kunlar yozilgan).
3. Kitoblarni necha yulduz bilan baholaganingiz va necha betlik kitob o‘qiganingizni pastdagi qismda mos qatorga belgilaysiz.
4. Yil davomida aniq o‘qilgan kitoblar sonini yozib, oxirgi qismda yil boshidagi maqsadingiz bilan taqqoslashingiz mumkin.
Xatcho‘p 2025-yil davomida sizga eng yaxshi yordamchi bo‘lishiga ishonamiz. Do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying
😉
🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!