Hamkorlikdagi tadbir
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi viloyat bo'yicha boshqarmasi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidan kelib, viloyatimizda o'z yigitlik burchini o'tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda ularning yaqinlari ishtirokida "Askar onalarini sharaflaymiz" mavzusida "Telemuloqot" o'tkazildi
Telemuloqotda so‘z olgan markaz sektori mudiri Shoira Sodiqova qashqadaryolik muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalariga shunday o‘g‘lonlarni tarbiyalaganlari uchun rahmat aytdi.
Jonli muloqot davomida gvardiyachilar harbiy xizmat ta'surotlari hamda yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdilari. Muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari so‘zga chiqib, yaratilgan imkoniyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi