#hikoya
,,
Darbadar ruh "
Kechirasiz, Men Sizni qayerdadir ko'rganman, yo'q aldamayapman, axir Siz emasmi har safar Meni uchratganda ko'rmaganga olib jim o'tib ketgan, keyin esa ortga qarashga jur'at eta olmagan, ha Siz o'shasiz, ichidagi dardni yashira olgan, tunda bedor uyqusiz soatlarni o'tkazgan, tongda esa hech narsa bo'lmagandek, baxtiyorlik niqobini taqib olgan, shoshmang qayerga ketyapsiz, ketib uyingizga borasizmi?, yoki ko'chani yolg'iz kezasizmi?, Meni shulardan afzal ko'rdingizmi? Mana ko'rdingizmi Sizni qanchalar yaqin taniyman, har kuni shu yerdan turib Sizni kuzataman, Siz negadir o'ychan nigoh bilan atrofni kuzatasiz, bazan qo'lingizga kitob ovolib metroda kitobxonlikni targ'ib qilasiz, Men faqatgina tashqi tomondan turib Siz haqingizda nimadirlar deyishim mumkin, ammo bilmayman asl niyatingiz nima? Meni taxmin qilib ko'ringchi Men kimman?
Men olamni kezib yurgan darbadar ruhman, Meni Jannatdan quvg'in qilishdi, aytishlaricha gunohim kam ekan, lekin Xudoni tan olmaganim uchun meni u yerga loyiq ko'rishmadi, Men har gal o'zimga o'xshagan insonlarni uchrataman, Ularni bunday isyonkorlik yo'lidan qaytarishni hohlamayman, sababi o'zim ham bir paytlar Ular qatorida edim va hozir ham, Men Xudoning nomini aytib qabih niyatimni amalga oshirmadim ,
Men hatto Xudoni ko'rmaslik uchun do'zaxga tushishni hohlagandim, agar ko'rganimda yuziga qon tupurardim, ha shunday qilardim, keyin mag'rur qadam bosgancha do'zaxning o'tli go'shasiga yo'l olardim, jin ursin meni bunday baxtdan mosuvo qildi, Farishtalarning aytishicha men hatto do'zaxga ham loyiq emas ekanman, xullas bu mening qarashim, mening e'tiqodim, agar Sizni vaqtingizni olgan bo'lsam mazur tutasiz, ha aytgancha namoz vaqti bo'libdi azon aytilmasidan tezroq boshqa yerga keta qolay, mayli omon bo'ling, umid qilamanki Siz bilan yana uchrashamiz...
Beknazar Xudoynazarov
@Xudoynazarov_blogi