Sharl Bodler
Yozig‘
So‘rarsan: “Bunchalar ezg‘ilaydi jon
Ruhim soyasiga urilgan ozor?”
– Bir kun ko‘nglimizda ko‘tarsak, xirmon
Hayot bor-yo‘g‘i g‘am! Yana ne darkor?
Yoniq nigohingday botirar xanjar
Chap bermog‘ing qiyin jaydari g‘ussa.
Xavotirni bas qil, shafaqlab dilbar,
Tinsa-da totli tiling, indama, chida.
Soddadilday yasha! Shavq-la ko‘kka uch,
Har lahza tiriklikni qattiq-qattiq quch,
Toki yo‘limizni to‘sguncha qazo
Yuragingni bergin yolg‘onga, sarxush,
Bexush yurib, ko‘rgin shirin tush.
Musibat ko‘zlarini bog‘lasin ro‘yo.
Ruschadan
Vafo Fayzulloh tarjimasi