Dunyolar bazmidan bezib qochdim men,
Ruhimni ruhingga sezib ochdim men,
Poyingga umrimni sevib sochdim men,
Sezmayapsanmi?..
Bir dunyo yaratdik – ismi muhabbat,
Oʻng yoni ibodat, soʻl yoni suhbat,
Oh, qanday saodat, qanday saodat!
Kezmayapsanmi?..
"Qismatim–sen!" deb ont ichdim askardek,
Ismingni ismimga qoʻshdim javhardek,
Yoʻlingda turibman olov-axgardek,
Kelmayapsanmi?..
Bir umr zor edim – topdim men oxir,
Hijroning daftarin yopdim men oxir,
Baxtning manglayidan oʻpdim men oxir,
Oʻlmayapmanmi?..
✍🏻Ulugʻbek Hamdam
Oʻqidi: Bonu Komilova