View in Telegram
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 Vegetatsiya davri nima? Bunday jarayonda o‘simliklarni yetishtirishga nisbatan yondashuv qanday bo‘lishi lozim? Yerga qadalgan ekinlarining to‘liq rivojlanish davri uchun, ya’ni o‘simlik urug‘ining unib chiqishidan boshlab hosil yig‘ilgungacha bo‘lgan zaruriy davr. 🌱Sovuqqa chidamliligi turlicha bo‘lgan o‘simliklarda vegetatsiya davri bir joyning o‘zida turlicha kechadi. Masalan, issiqsevar o‘simliklarda qisqa, sovuqqa chidamli o‘simliklarda uzun bo‘lishi mumkin. Vegetatsiya davri ketma-ket o‘tuvchi bir qator fazalarga bo‘linadi: g‘o‘zada – shonalash, gullash, ko‘sak tugish va ochilish; g‘alla o‘simliklarida – tuplanish, boshoq tortish, gullash, sut (mum) pishish va to‘liq pishish fazalari. ☀️Har bir ekin turi va navi vegetatsiya davrining uzun-qisqaligi, ayrim rivojlanish fazalarining muddatiga bog‘liq. Vegetatsiya davri rivojlanish davri davomida o‘simlikning olgan umumiy issiqlik miqdori bilan belgilanadi. 🌲O‘simliklardagi bu davrning uzun-qisqaligini hisobga olib, sovuq erta tushadigan shimoliy hududlarda ertapishar navlar, sovuq kech tushadigan janubiy hududlarda kechpishar navlar ekiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily