Buxoroda 12 yoshli maktab o'quvchisi homilador bo‘lib qolgani aniqlandiQiz
4 oylik homila bilan Buxoro shahar perinatal markaziga yotqizilgan. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilayotganini
Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz,
2021 yilda Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani
aniqlangandi. Qizning nomusiga tegib kelgan va uning homilador bo‘lishiga sabab bo‘lgan erkak
12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgandi.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
2023 yil o‘tkazgan matbuot anjumanida yilning dastlabki 6 oyi davomida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta homiladorlik aniqlanganini ma’lum qilgandi.
✅ @talimuz