🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend!
O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting!
Hamkorlik: @Talimuz_murojaatbot
Magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi
Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud bo'lib, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.
Eslatma: Bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas. Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.