«Kim bizni aldasa, bizdan emas!»
(Rasululloh sollallohu alayhi vasallam)
❌So'rovnomada birinchi degani -
Real hayotda birinchi degani emas!
To'laqonli so'rovnomalarga asoslangan bu kabi tanlovlar nisbiy xarakterga ega. Ya'ni, yakunda aniqlanadigan nomzodlarning darajalari haqiqiy reytingni anglatmaydi. Aslida, ta'lim muassasalari reytingini tuzish maxsus tashkilotlar tomonidanko'plab kriteriyalar (o'quv binosi hajmi, talaba-o'quvchilar soni, professor-o'qituvchilar soni, ilmiy darajalar, chet ellik ustozlar soni, nufuzli ilmiy jurnallarda chiqarilgan maqolalari va hokazolar) asosida tuziladi va ko'p vaqt talab etadi.
📈Onlayn reytingni aniqlash, bu - piar!Piar - bu reklama! Biror brend nomini ko'plab auditoriyaga tanitish. O'z ta'lim muassasasini yuqori o'ringa chiqarish uchun guruhlarga, kanallarga "bizga ovoz bering" deya targ'ibotni amalga oshirganlar mana shu natijaga erishdilar. Chunki, katta ehtimol bilan boshqa hechqanday holatda butun bir jamoabir maqsad yo'lida bu kabi harakatlarni qilmas edi.
Nakrutka urish orqali ovozlarni "sun'iy" ko'paytirganlarga ortiqcha hechnarsa demaymiz. Harkim qilgan niyatiga yarasha amalga erishsin!✊ "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanlovi yakunlanishiga atigi, bir necha soat vaqt qoldi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!