View in Telegram
Avvalroq Jizzaxdagi maktab direktori bo‘lgan onasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragani haqida xabar bergan qizdan voqeaning qo‘shimcha tafsilotlari ma'lum bo‘ldi. Uning uzun hikoyasidan ayrim voqealarni keltiramiz: "Onam ishlash, o‘qishimga qo‘ymasdi. U vaqti-vaqti bilan kelib, meni majburan Jizzaxga olib ketardi. Agar rad etsam, meni urib, baribir olib ketardi. 2-3 kun uyda saqlagach, Toshkentga qaytarib yuborardi. Xodimi hech qanday sababsiz ogohlantirishsiz muntazam ravishda yo‘qolib qolishi qaysi ish beruvchiga ham yoqardi? Har safar meni Toshkentdan olib ketganida telefonimni olib qo‘yib, barcha yozishmalarni o‘qib chiqardi. Kontaktlarimdagi har bir erkakni o‘ynashim deb hisoblardi". "Men Jizzaxda bo‘lmaganimda onam mening nomimdan o‘sha yigit bilan birga FHDYo bo‘limiga ariza berishgan ekan. Men unga erga tegishga rozi emasligim, meni eshitishlarini va tushunishlarini so‘radim. Hali turmush qurish niyatim yo‘q edi, men o‘qishni, ishlashni xohlardim va o‘sha yigitni umuman tanimasdim. Bunga javoban qarindoshlarim va onam mendan voz kechishlarini va endi meni oilam deb hisoblamasliklarini aytib tahdid qila boshladilar". "Uchinchi kechada deyarli barcha qarindoshlarim «erim»ning uyiga kelishdi: onam, xolalarim, amakilarimning xotinlari. Ular meni va mening «erimni» yotoqxonaga majburan kirgizib, nikoh kechasini o’tkazmagunimizcha xonadan chiqishimizni taqiqlashdi. Ular xona eshigidan tashqarida o‘tirib, har ikki soatda eshikni ochib, bo‘ldimi, deb so‘rashaverdi. Bu dahshat taxminan ertalab soat 6 ga qadar davom etdi". "Ginekolog bokira ekanligimni tasdiqladi, keyin mening ahvolimni ko‘rib, qaynonam va erimdan chiqib turishlarini so‘radi. Biz yolg‘iz qolganimizdan keyin u nima bo‘layotganini so‘radi, men unga bor narsani gapirib berdim, shundan so‘ng u ichki ishlarga qo‘ng‘iroq qilishni taklif qildi. Bu mening yagona yo‘lim ekanligini tushunib, shifokordan oilaviy zo‘ravonlik haqida xabar berishini so‘radim. Huquq-tartibot idoralari xodimlari kelguniga qadar men shifokorning kabinetida edim". "2024-yil 8-noyabr kuni singlim va menga onamizning hatti-harakatlaridan birinchi himoya orderini berishdi va bizni reabilitatsiya markaziga joylashtirishdi. Oradan bir-ikki kun o‘tib reabilitatsiya markaziga onamning Toshkentda yashovchi dugonasi keldi. Onamning dugonasi o‘z roziligimiz bilan reabilitatsiya markaziga joylashtirishdan bosh tortganligi to‘g‘risida ariza yozishga bizni ko‘ndirdi". "Nemolchi.uzdan tashqari Inson huquqlari qo‘mitasiga ham murojaat qildim. Bundan xabar topgan onamning jahli chiqdi. Avvaliga u mahalliy ichki ishlar xodimiga hech qanday dahshatli narsa bo‘lmaganini tushuntirdi, u meni noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolganimni va erim bilan yashashni xohlamasligimni, bu oilaviy masala ekanligini va u aralashmasligi kerakligini aytdi. ...Meni olib ketishni iltimos qildim. Qo‘lidan hech narsa kelmasligini aytdi va hech qanday chora ko‘rmay ketdi". "Singlim tashqariga chiqib qaytib kelmadi. Keyinroq bilishimcha, uy yonida onam bilan kelgan ikki erkak uning og’zini yopib mashinaga o’tqazishgan. ...Xodimning ko‘z o‘ngida ular meni ko‘tarib (biri qo‘llarimdan, ikkinchisi oyog‘imdan ushlab turdi) va olib chiqishga harakat qilishdi. Men uchastkovoydan yordam so‘rab qichqira boshladim. Lekin u hech narsa qila olmasligini aytdi. Og‘zimni yopib, qo‘llarimni bog‘lab, mashinaga o‘tqazishdi". Bu hikoyaning kichik qismi, to‘liq matnni saytimizda o‘qishingiz mumkin: https://nemolchi.uz/uz/jizzaxlik-qiz-onasining-tashabbusi-bilan-majburiy-nikoh-kaltaklashlar-va-o-g-irlangani-haqida-gapirdi/ #SukutSaqlama #AdolatTalabQilamiz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily