View in Telegram
Forwarded from G’arbiy alyans
G‘arbning O‘zbekiston tashqi siyosatidagi o‘rni: ishtirok, ishonch va tahdidlar S.Pinxasova, mustaqil tadqiqotchi SFCA so‘rovi O‘zbekistonliklar orasida G‘arb mamlakatlari va ularning yetakchilariga nisbatan ishonchning pastligi hamda bu holatning mamlakat tashqi siyosatiga ta’sirini ochib bermoqda. G‘arbiy davlatlarga nisbatan ishonch darajasining past bo‘lishi strategik muloqotda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. G‘arbga nisbatan skeptitsizm borasida quyidagilarni qayd etish mumkin: 1) AQSh va Yevropa Ittifoqiga past ishonch: AQShga bo‘lgan ishonch darajasi atigi 9%, Yevropa Ittifoqiga esa 11%ni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichlar G‘arbning O‘zbekistondagi imidjini kuchaytirishga katta e’tibor qaratish muhimligini aks ettiradi. Germaniya kabi nisbatan neytral va barqaror davlat ham 14% ishonch bilan cheklangan. G‘arb davlatlarining O‘zbekistonga nisbatan strategik yondashuvlari yetarli darajada samarali emasligi yaqqol ko’rinmoqda. 2) G‘arb yetakchilarining obro‘si: Donald Trampga nisbatan ishonchsizlik 40% dan oshgani AQShning yetakchi rolida inqirozni yuzaga keltiradi. Ayni vaqtda, Yevropa liderlari so‘rovda deyarli tilga olinmagan, bu esa ularning mintaqadagi siyosiy ta’sirining zaif ekanidan dalolat beradi. G‘arbning strategik imkoniyatlari O‘zbekistonliklarning savdo va investitsiyalarga alohida e’tibor qaratishi (83%) G‘arb davlatlari uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. O‘zbekiston infratuzilma, texnologiya va ekologik loyiha sohalarida G‘arb bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin: a) Yevropa Ittifoqi yashil energetikaga e’tibor qaratgan holda, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashidagi ishonchli hamkor bo‘lishi mumkin. b) Germaniya va Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun o‘zining yirik biznes kompaniyalari orqali faoliyatni kengaytirishi lozim. c) O‘zbekistonlik respondentlar mudofaa va xavfsizlikni qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda ko‘rishni ma’qul deb hisoblagan bo‘lsa-da, G‘arbning mintaqaviy xavfsizlikka hissa qo‘shish imkoniyatlari bor. Umuman olganda, SFCA so‘rovi O‘zbekistonliklar orasida G‘arb davlatlariga nisbatan ishonch darajasi pastligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu mintaqa va G‘arb o‘rtasidagi strategik aloqalarni kuchaytirish zarurligini anglatadi. G‘arb o‘z imidjini yaxshilash va O‘zbekistonda o‘zining ishonchli sherik sifatida o‘rnini mustahkamlash uchun iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik masalalarida faolroq bo‘lishi kerak. G’arbiy alyans
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily