Dekabr oyida “Tehrike Tolibon Pokiston” qurolli harakati o‘z qo‘mondonlaridan birining yo‘q qilinishi ortidan hujum uyushtirib, 16 nafar Pokiston harbiysini o‘ldirdi. Bunga javoban Pokiston armiyasi Afg‘oniston hududiga raketa zarbalari yo‘lladi. “Tolibon”ga ko‘ra, bu zarbalardan 46 kishi, xususan ayollar va bolalar halok bo‘lgan
Rasmiy Islomobod pushtunlardan tarkib topgan Pokiston toliblarining “Tehrike Tolibon Pokiston” qurolli harakatini terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi. Pokiston hukumati Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon”ni Pokiston toliblarining yetakchilariga boshpana berganlikda ayblab keladi. Kobuldagilar buni rad etadi.
24 dekabr kungi raketa zarbalari – “Tolibon” hokimiyati o‘rnatilgan 2021 yil avgust oyidan beri Pokistonning Afg‘oniston hududiga uyushtirgan uchinchi yirik hujumi bo‘ldi. Bundan avvalgi zarbalar 2024 yil mart oyida kuzatilgandi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati bu hujumlarni mamlakat suverenetitetini qo‘pol tarzda buzish deb baholagan