Rossiya har yerdan quvib chiqarilmoqda
Ukraina tomoni xabariga ko‘ra, Rossiya Qora va Azov dengizlaridan harbiy-dengiz floti kemalarini olib chiqib ketgan.
Ayni paytda ruslarning yetti harbiy kemasi hozirda O‘rta Yer dengizida patrul qilishni davom etmoqda. Ukraina harbiy dengiz kuchlari vakili Dmitro Pletenchukning ta’kidlashicha, Rossiya anneksiya qilingan Qrimda kemalarini ta’mirlashdan voz kechgan. Bunga sabab Ukraina tomonidan amalga oshirilgan samarali zarbalardir. Sevastopol buxtasida «Tsiklon» kichik raketa kemasining yo‘q qilinishi va boshqa kemalarga yetkazilgan zarar Rossiyaga kemalarni Qrimda ta’mirlashni imkonsiz qilib qo‘ygan.
Suriyaning yangi hukumati ham Rossiya kemasini portga qo‘ymadi. Yangi hukumat Rossiyaning «Sparta II» kemasini Tartus portiga kiritishni rad etgan. Kema 5 yanvardan buyon port yaqinida bemaqsad suzib yuribdi.
Maxar yo‘ldosh suratlari Rossiya harbiy texnikasi va havo hujumidan himoya tizimi radarlarining portda yig‘ib qo‘yilganini ko‘rsatmoqda. Ammo kemalarga texnika yuklanmagan. Rossiya uchun evakuatsiyaning yagona yo‘li — Hmeymim aviabazasi bo‘lib qolmoqda.