View in Telegram
SHEʼR AVJIDA SINDI QALAM Isteʼdodli shoir Mansur Jumayev xotirasiga Boshi g‘amdan egilib qoldi Qora bulut ortida quyosh. Erta so‘lgan bir gulni yo‘qlab, Osmon tinmay to‘kmoqda ko‘z yosh. - Mansur... - Mansur... Soat yig‘lar: - Tong otdi, axir, Uyqudan tur, uydan chiq-chiq-chiq. Yomg‘ir, yomg‘ir - izillar tomchi, Derazangni qoqar tiq-tiq-tiq. - Mansur... - Mansur... Kuy avjida uzildi bir tor, Sheʼr avjida sindi bir qalam. Fojiali tugadi doston, G‘aribiga kuydi Shohsanam. - Mansur... - Mansur... Beozor qush oshyonin anglab, Ovga chiqdi o‘rmalab ilon. Juftidan ayrildi ona qush, Uyasida ikki polapon. - Mansur... - Mansur... Ketding... Duk-duk uradi yurak, Yurak dunyo eshigin qoqar. Oltinchi uy bo‘ynini cho‘zib, Qashqadaryo yo‘liga boqar. - Mansur... - Mansur... Rustam Musurmon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily