“O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati” aksiyadorlik jamiyati ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro sertifikatini
qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida AJning komplayens-xizmati tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha xalqaro standartlar talablari asosida
17 ichki idoraviy hujjat ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
AJ faoliyatiga oid 56 funksiya
baholashdan o‘tkazilib, mavjud xavf-xatarlarni minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda.
@SherzodSaparov