#dunyo_korrupsiyaga_qarshi_kurashda🇨🇳Sobiq bosh murabbiy poraxo‘rlikda ayblanib qamoqqa tashlandiXitoyning futbol bo‘yicha erkaklar terma jamoasining sobiq murabbiyi poraxo‘rlikda ayblanib, 20 yillik qamoq jazosiga
hukm qilindi. 2020-yil yanvaridan 2021-yil dekabrigacha milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan Li mart oyida
16 million dollardan ortiq pora olganlikda aybini tan oldi.
Pora evaziga Li milliy terma jamoaga ma'lum shaxslarni tanlab olgan va futbol klublariga musobaqalarda g'olib chiqishga yordam bergan.
🇸🇦Saudiya Arabistoni: Korrupsiya bo'yicha hibsga olinganlar orasida ikki nafar sudya ham borNazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi
(Nazaha) korrupsiyaga qarshi kurashish va hisobdorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari doirasida bir nechta hukumat amaldorlari, jumladan, ikki sudya hibsga olinganini
e’lon qildi.Bosh sud sudyasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda 19 million SRga teng moliyaviy nizoni hal qilish uchun va’da qilingan 1 million SRdan
670 000 SR olganligi uchun hibsga olindi. Ishda ishtirok etgan yana bir sudya ham hibsga olingan.
Nazaha tomonidan, shuningdek, chet ellik mahbusning deportatsiyasining oldini olish uchun kelishilgan 100 000 SRning 60 000 SRini olayotgan qamoqxona bosh boshqarmasining mayori ham ushlandi.
🇰🇬Sobiq vazir korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanib qo'lga olindiQirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining sobiq rahbari va Jalolobod viloyatining sobiq hokimi Sulton Urmanayev korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinib
qo‘lga olindi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, Urmanayev 1995-yil dekabridan 1996-yil apreligacha “Qirg‘iztransavto” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘lib, ayrim mansabdor shaxslar ko‘magida davlat mablag‘lari hisobidan “Tokchuluk” davlat aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotib olgan va keyinchalik sobiq “Baliqchi” go‘sht kombinatining ko‘chmas mulk obyektlarini noqonuniy ravishda xususiy mulkka chiqargan.
Bugungi kunda yuqoridagi ko‘chmas mulkning qiymati 626 million somni (qariyb 93 mlrd so‘m) tashkil etadi.
🇮🇳Biznes poralarining 75 foizi yuridik, metrologiya, sog‘liqni saqlash sohalaridagi amaldorlarga berilganLocalCircles tomonidan o'tkazilgan so'rovga ko'ra, Hindistonda so'nggi 12 oy ichida
biznes egalarining 70 foizga yaqini pora berganini
tan olgan. Bu poralar asosan davlat amaldorlariga ruxsatnomalar, talablarga rioya qilish va shartnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish uchun to‘langan.
Poralarning umumiy qiymati pasaygan bo'lsa-da, so'rov natijalari shuni ko'rsatadiki, tadbirkorlik sub'ektlarining
54 foizi pora berishga majburlangan.Huquq, metrologiya, oziq-ovqat, dori-darmon va sog'liqni saqlash kabi davlat idoralari poraxo'rlik talablari bo'yicha eng ko'p tilga olingan bo'lib, korxonalarning 75 foizi ushbu sohalardagi mansabdor shaxslarga to'lovlar amalga oshirilganini qayd etgan.
🇫🇷🇩🇪🇺🇸Poraxo‘rlik va korrupsiya bo‘yicha qo‘llanma 2025: Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSHGlobal Legal Insights tomonidan yaqinda "Pora va korrupsiyaga oid qonunlar hamda qoidalar 2025" kitobi
nashr etildi. Unda
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSHning mazkur sohadagi tajriba va amaliyoti haqida so'z boradi.
Har bir bob qonun va huquqni qo‘llash tartiblari, huquqni qo‘llash amaliyotii hamda kelajakda e’tibor qaratiladigan sohalar kabi muhim mavzularni qamrab oladi.
@SherzodSaparov