* * *
Haddini bilmagan bitta bo‘lsa men,
Ular ona sutdek loyiq oqlikka.
Mening nima haqqim bor yarim tunda
birovning qizini
sog‘inmoqlikka...
Men hech vaqolikka
ko‘nikkan yantoq,
Ko‘klam o‘ldiradi
o‘ldirsa, tushun...
Sen aytgan dengizga
sig‘magan tushman,
mening bolishimga sig‘magan tushim!
Seni kechirmayman,
meni kechirsang
poyingda yomg‘irdek to‘kilganim payt.
Agar jondan ortiq meni sevganing
rost bo‘lsa,
"hech qachon sevmayman" deb ayt!
Rashid Xo‘jamov
11.04.2020.T.me/R_Xojamov