***
Oʻzim qoʻllaringdan tutdim,
Oʻzim yoʻllaringdan tutdim,
Jilmaydim osmonning savdolariga
Jilmaydi osmondan tushgan gʻavgʻolar.
Oʻshanda tirik edi kulgularimiz
Gʻavgʻoga,
Savdoga,
Xudoga
Qarshi chiqmagan edik ikkimiz.
Bahor -xazon, kuz- koʻklam chalgʻitmadimi seni,
Bilaman
Oʻsha olam gul tutib oʻyingdan chalgʻitadi,
Bilaman
Oʻsha olam biz tuzgan oʻyindan chalgʻitadi...
Demak, gʻolib keldi u –
Oy uzildi koʻkidan
Yulduzlar alaxsirab
Qasam ichirsin meni;
Seni asrolmadim- ey,
Xudo kechirsin meni!
© Nilufar
@Nilufar_Ergasheva