View in Telegram
"Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi Qonunga koʻra, davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekistonda maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur maʼlumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi: - maxfiylikning birinchi darajasi – "Alohida ahamiyatli"; - maxfiylikning ikkinchi darajasi – "Mutlaqo maxfiy"; - maxfiylikning uchinchi darajasi – "Maxfiy". Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. @Nemat_Dushayev
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily