View in Telegram
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Sevgilingizni mahkamroq quching, Chunki bir kuz kechasi Kulib turgancha Xushdan ketib yiqilar Va uyg‘onmas abadga. Xayrlasharkansiz, Uning sovuq lablaridan Yig‘iga to‘la ko‘zlarining Ta'mi kelar: Kuzak yaproqlarining mazasidek Achqimtil, Namchil Va Nim yoqar negadir. Sevgilingiz kunlarida baxtli yashar, Orzulari mo‘l. Uy, mashina,  sayohatlar, Har kunlik shopping. Ammo ishoning bir kun u Yo‘lda ketarkan, Baridan voz kechar Va qayg‘uni quchgancha Yig‘lay boshlar yosh bola misol. Bu uning emas Armonli hayotning yoshlari bo‘lar, Hech qachon boqiyga do‘nmas hayotning, qismatiga bir umr fanolik yozilgan Va Yerga mahkum qilingan hayotning. Titrab turar mag‘lub bo‘lgan kurashchi misol Sochlari moviy Sevgilingiz, Siz uni "sochlari dengizim" deysiz, U esa o‘zini atar: "Osmonrang maysa". Va bir kuni quvray boshlar Shafaq rangida. Mahkamroq quching Sevgilingizni Kuz yaproqlarin shitirlatib o‘tar kechada... @FeruzaXayrullayeva
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily