View in Telegram
🔖 “U hali birovning kulfatiga befarq qaray olmaydigan mas’um bola. Biroz katta bo’lgandan so’ng bunday narsalarni ko’rganda g’alati bo’lib yig’lamaydi. Ehtimol, unga ayrim narsalar… aytaylik, noto’g’riday tuyular, biroq u buni ko’rib ortiq yig’lamaydi; bir necha yildan so’ng bunday qilmaydi”. ~~~ 🔖 “Kattalar turli xatolarga yo’l qo’yadi. Oldin ham shunday qilishgan, bundan keyin ham shunday qilishadi. Bundan faqat bolalarga jabr bo’ladi, xolos”. ~~~ 🔖 “Ulg’ayganing sari bunday xatolarga tez-tez duch kelasan. Adolat hukm surishi, insonlarning rangidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabat bo’lishi kerak bo’lgan sudga maslahatchilar qotib qolgan qarashlari, shaxsiy ginalari bilan kelishadi. Ulg’ayar ekansan, oq tanlilar qora tanlilarni* har qadamda aldashlarini, ularga nisbatan nohaqlik qilishlarini ko’ra boshlaysan. Ammo senga hozir bir gap aytaman, uni hech qachon unutmagin - qora tanliga shunday munosabatda bo’lgan har qanday oq tanli inson, kim bo’lishidan qat’i nazar, xoh u boy bo’lsin, xoh zodagon, tuban kishidir”. *Bu yerda faqat terining ranggi nazarda tutilmayapti. 📌 Harper Li. “Mazaxchini o’ldirish” Nazarimda, advokatlar ham qachonlardir bola bo’lishgan (Charlz Lem). PS. Yashashni bolalardan o’rganaylik. #CarpeDiem #AdAstraPerAspera #RememberYourChildhood #ToKillAMockingBird
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily