View in Telegram
☝️ Hech kim o’tish davrida tug’ilib, yashab, tishi to’kilib, qarib, ezilib, ko’milishni istamaydi bir nur singmay ko’ziga. Ammo taqdir, o’tish yillarining o’tishi cho’zildi. O’tish o’tmas pichoqqa aylandi. O’tmas pichoq bobodan nabiraga yetib bordi. Xalq bir-birini o’tmas pichoq bilan so’ydi. Xalq o’z narxini unutdi. *** ☝️ Har yili yuz minglab otalar bolasini o’qitish uchun qullikka rozi bo’ladi. Har yili minglab onalar bolasini o’qitish uchun o’z jigarini davolatishdan voz kechadi. *** ☝️ Eng daxshatlisi, mudroqlik-o’lat bizni yuz yillardan so’ng ham Yaponiyaga mahliyo qilib qo’yishi mumkin. *** ☝️ Biz shunday o’qiylikki, timsolimizda yengib bo’lmas millat irodasi, shijoati, kurash va zehniyati aniq-tiniq ko’rinib tursin. Biz shunday o’qiylikki, Alloh bizdan rozi bo’lsin. Biz shunday o’qiylikki, yuz yillardan so’ng emas, bugun millatim taraqqiy etsin, bugun xurlikka yetsin, bugun insonlarning qorni to’ysin, bugun dunyo tanisin. Biz shunday o’qiylikki, dunyoni bizning ma’rifat o’zgartirsin. *** ☝️ Fitrat domla aytganidek, ta’limi o’lgan millatning buguni ham, kelajagi ham qullikdir. Javlon Jovliyev. “Qo’rqma”
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily