View in Telegram
Yillar o‘tsa-da, arzgo‘yning eshik og‘asidan imdod kutish ilinji o‘zgarmaydi. U yana boshqa soqchilar borligi, bu Qonun qasriga kirishga to‘sqinlik qiladiganlarning bor-yo‘g‘i birinchisi ekanligini butunlay unutadi. Dastlabki yillar o‘zining omadsizligini baralla arz-dod qilib yuradi, ammo keyinchalik qarilik kelgan sari, o‘z-o‘zicha ming‘illab qo‘yadigan bo‘ladi, xolos. U oxiri go‘dakdek bo‘lib qolib, uzoq yillar Qonun qasri og‘zida o‘tirib, soqchini shunchalik darajada sinchiklab o‘rganganidan, jun yoqasi ichida nechta burga o‘rmalab yurganigacha biladi, hatto mana shu burgachalardan eshik og‘asini avrab berishni o‘tinib so‘raydi. Uning ko‘zlariga chiroq nuri tushib, qamashganda, atrofiga qorong‘ilik tushdimi yoki ko‘rish qobiliyati uni aldayaptimi, hatto shuni anglay olmay qoladi. Biroq bu zulmatda u endi Qonun qasri darvozasidan hech o‘chmaydigan ziyo taralib turganligini aniq ko‘radi. Xuddi shunday uning hayoti nihoyasiga yetib keladi. O‘lim oldidan hamma, u uzoq yillar sinovdan o‘tkazgan jami o‘y-fikrlari bitta savolga javob olishga qaratilgan esa-da, ammo bu savolni shu paytgacha biron marta bo‘lsin eshik og‘asiga berib ko‘rmagan edi. U soqchini imlab oldiga chaqiradi, uning qaddi-qomati allaqachon bukchayib, joyidan qimirlashi hech mumkin bo‘lmay qolgan. Natijada endi soqchining o‘zi juda ham egilishiga to‘g‘ri keladi – chunki o‘zining bo‘yiga solishtirganda bukilib qolgan arzgo‘yniki jimjiloqday keladi. “Sen yana nimani bilishni istaysan? – surishtiradi undan eshik og‘asi, – ochofatning o‘zginasisan-da, o‘ziyam!” – “Aftidan, hamma kishi Qonun qasriga intilishadi, – gap boshlaydi arzgo‘y shunda, – lekin o‘tgan bu uzoq yillar davomida birontasi ichkariga kiritishlarini menday astoydil talab qildimi?” Soqchi ko‘radiki, gunohkor bu kimsa juda ham haddan oshib ketdi, shu bois u javobni qulog‘iga ilib olsin deb, butun kuchi bilan qichqirib deydi: “Hech kimga bu yerdan kirishga ruxsat yo‘q, bu darvoza birgina sen uchun belgilangan edi! Endi borib uni yopib qo‘yaman”. Frans Kafka. Jarayon. Jarayon - Sovuq hokimiyatga nafis qalbning otashin la’natnomasi. Mirzakalon Ismoiliy.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily