O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadidida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” nomli shior ostida bugun Termiz shahridagi adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat kutubxona markazida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqan Qoʻshon Abdulla hamda Shahnoza Qorayevalar tariximizning bugungi kungacha boʻlgan adabiyoti, unda qurbon boʻlgan vatanparvar adiblar hayoti haqida nutq soʻzladilar hamda oʻz soʻzlari oxirida ijod namunalaridan kitobxonlarga sheʼrlar oʻqib berdilar.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi
https://t.center/Surxonadabiyoti