View in Telegram
Bir qish kechasida to‘satdan Mendan ilhom ketdi. Ketganin sezganimda Gapirolmay qolgandim Olib ketgandi bari so‘zlarni O‘zi bilan. Menga yig‘ilarni qoldirdi faqat Har tun she'r yozgim kelardi Har kun baqirgim, Har on yolvorgim kelardi Xudoga Biroq so‘zlar yo‘q edi: Toqatsizlik! Baxtsizlik! So‘zsizliik! Oh, bu ne balo ediki, So‘zlarim uning tomirlarida Sargardon yugurib yurardi Iltijo qilardi, bizni qaytar deb! Sizifning toshidek so‘zlarim, Tegirmon toshidek so‘zlarim Boshimni yanchardi oqshomlar Tushlarim ichida aylanib, Yozmoqchi bo‘lardim uyg‘onib... Bir kuni yozishni o‘rgandim Ko‘z yoshning shovqini, Shamolning isi, Yomg‘irning notalari-la. So‘zlarsiz go‘zalroq edi she'rlarim. Ularni ilardim har sahar Kir ilgich dorlarga. Va har sahar ularni qushlar O‘qib berar edi daraxtlarzorlarga. Nihoyat bir kuni Men so‘zga do‘ndim O‘zim! Xudoning aytgan bitta so‘ziga Xuddi sizlardek, Xuddi gullardek, Xuddi dunyodek Hechkimsa o‘qimas Bahaybat So‘zga! @FeruzaXayrullayeva
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily