So'zning ta'mini, she'rning ta'sirini yaxshi bilib olgan odam shunisi bilan xavfliki, endi u qay vaziyatda qanday gapirishni, qaysi she'rni aytishni yaxshi bilib oladi. Natijada tuyg'ulari yolg'on-rost ajratolmaysan. O'ziyam ajratolmaydi va samimiyligini yo‘qotadi. Ba'zi ijodkorman deb yurganlarning tanazzuli shunda.