View in Telegram
Qishloqda teatr yo‘q. Internet sifati yomon. Odamlar boradigan galereya, soatlab o‘tiradigan kutubxonalar yoki shunchaki yo‘l chetida nafas rostlab xordiq chiqaradigan o‘rindiqlar ham yo‘q. Uyqu oldi hamma yotib olib ko‘radigan televizor kanallarining mahsuloti deyarli bir xil. Istemolchilarda tanlov imkoni kam. Odamlar birlamchi ehtiyojlar bilan andarmon. Undan naryog‘iga o‘tish uchun vaqt kam. Vaqt bo‘lsa, energiya qolmaydi. Yoshlarning katta qismi maqsadsiz, borida ham u mayda! Kam daromadli aholiga ozgina inflatsiya oshishi-da ta'sir qiladi va moddiy orzularini Rossiya bilan birga quradi. Transport, yo‘l undan-da badtar. Viloyat markazidagi jamoat transportlari ham havas qilgulik emas. Yaxshiyamki chiroq o‘chmaydigan bo‘lgan. Bu yerda zamonaviy texnikalar yoki sharoitlardan muammolar ancha oldin yetib keladi. Undan tashqari psixologik to‘siqlar, odamlar ongida o‘rnashib olgan steriotiplar qaysi ishga qo‘l urmasin qarshisidan ulkan maxluqdek chiqib keladi. Qishloqdagilar shunday yashayapti. Qaysiki yigit yoki qiz ulkan maqsadlar bilan harakat qilyaptimi, yuqoridagi muammolarni yorib, maydalab o‘tishi shart. Yo‘qsa, ularning ichida o‘zi maydalanib ketadi. Hech bo‘lmasa kurashib ko‘rish kerak. Qaysidir nuqtaga borib yengilgan taqdirda ham bu turmushdan ozgina bo‘lsa-da uzoqlasha olgan bo‘ladi. Ammo, murosasizlik xarakter. Bu katta kuch. Shuning uchun do‘stlarimga va o‘zimga kurashish shart deyman. @Elyor_Haydar
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily