#xotira
Bugun dehqonobodlik marhum shoir Akmal Toshning "Xavotir" kitobi taqdimoti hamda "Chiqmoqqa aylandim..." nomli xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Unda shoirning oila aʼzolari, ustozlari, yor-doʻstlari, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. Barcha soʻzga chiqqanlar Akmal Toshning yaxshi inson va katta shoir ekanligini toʻlqinlanib soʻzlashdi. Akmal Tosh tirikligida tayyorlab nashrga topshirgan ushbu kitobni nega "Xavotir" deb nomladi ekan? Shoir nimadan xavotirda edi? Zamondanmi, Vatanidanmi, xalqidanmi, oʻzidanmi, yaqinlaridanmi yoki goʻdak farzandlaridanmi? Katta shoirning xavotiri ham katta boʻladi, dardi ham katta boʻladi. Buni anglash uchun kitobni oʻqish va shoir ijodi bilan oshno tutinish kerak. "Bolam otang oʻlgan dema, Men oʻzingda yashayman" degan misralardagidek, shoir shu goʻdak farzandlarida va yoniq sheʼrlarida barhayotdir. Shoirning joyi jannatdan boʻlsin. Tashkilotchi doʻstlarga tashakkur!
@Dilafruz_Choriyeva