#ustozlar_oʻgiti
Bugun Akademik, Oʻzbekiston xalq rassomi Alisher Mirzo ijodiy ustaxonasida boʻldik. Rassom asarlarida shakl va ramzlarning falsafiy uygʻunligi mushohadaga chorlasa, hayot va umr mohiyatini aks ettirgan ranglar jilosi teran tafakkurga undaydi. Har bir asarining oʻzi bir olam.
Oilaviy goʻzal suhbatda ijod va hayot saboqlaridan bahramand boʻlib, katta taassurotlar bilan qaytdik.
@Dilafruz_Choriyeva