View in Telegram
Sheʼriyat ham koʻchaga chiqdi. Street art bor edi, koʻchada gitara chalish-u qoʻshiq aytish ham. Endi koʻcha sheʼriyati ham bor. Bugun yangi boshlangan koʻcha sheʼriyatining 2-soni boʻldi. Bordim. Taassurotlar zoʻr. Sheʼrni oʻqib his qilish boshqayu, tinglab maza qilish boshqa. Jumladan, sheʼrni eshitganda shoirni va sheʼr oʻquvchini birday his qilasiz. Oʻzingiz sheʼr oʻqiyotganda esa faqat oʻz qalbingizni his qilasiz. Avval ham yozganimdek, sheʼr ham, adabiyot ham zamon bilan oʻsishga majbur va haqli. Bugungi koʻcha sheʼriyati ham buning misoli. Bu loyihani qadimgi baxshilikning zamonaviy varianti desa boʻladi. Faqat... Faqat baxshilar tanlangan, eng sara dostonlarnigina xalq orasida oʻqishgan. Baxshilar hozirgi til bilan aytganda, oʻz zamonasining professionallari boʻlgan. Bugungi sheʼr aytuvchilar orasida ham isteʼdodli shoir va mahoratli ijrochilar ham yoʻq emasdi. Koʻpchil aynan oʻshalar uchun borishgandi ham oʻzi. Sheʼriyat kechasini faqat ijodkorlar emas, oddiy odamlar ham tingladi, menimcha. Kechaning, loyihaning yutugʻi ham shu. Loyiha tashkilotchisi Nurmuhammad akaga rahmat aytib, loyihani bardavom boʻlishini tilab qolaman. Bu loyiha faqat ijodkorlar maza qilishi uchun emas, balki adabiyotning targʻiboti uchun xizmat qilishini istardim. Muhimi hamrohlik qilgan Nigoraga rahmat:) • Kumush Odina
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily