View in Telegram
⚡️Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini o‘tkazdi. 🚨Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar. 1️⃣Maktabda o‘qituvchi tomonidan kichik sinf o‘quvchilariga ruhiy tazyiq va bosim o‘tkazilayotganligi natijasida bola darsga qatnashishni istamasligi va o‘zlashtirishi tushib ketayotganligi, lekin o‘qituvchiga hech bir chora ko‘rilmayotganligiga oid; 2️⃣Ajrimdan so‘ng, ona qizlarini o‘z otasi bilan ko‘rishishga qarshilik kilayotgani natijasida bolaning ota bilan muloqot qilishi xuquqi cheklanayotganligi yuzasidan; 3️⃣Sud qarori natijasiga ko‘ra, nevara bilan buvining ko‘rishishi tartibi belgilangan bo‘lsa-da, kelini bolani buvisi bilan uchrashishga yo‘l qo‘ymasligi va ko‘rishish evaziga buvidan har oy katta mablag‘da pul berilishini talab qilayotganligi holati; 4️⃣Onasi tomonidan muttasil zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalarni ota o‘z qaramog‘iga olishni va onani ota-onalik huquqini cheklashga urinayotganligi yuzasidan; 5️⃣qo‘shnisi uyda noqonuniy ravishda yovvoyi yirtqich xayvon parvarish qilishi oqibatida 3 yoshli bolaga sher tashlanib, bosh qismiga jarohatlar yetkazilganligi, hozirda bolada nafaqat tan jarohati, balki ruhiy travma asoratlaridan aziyat chekayotganligi, lekin buning uchun aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilmaganligiga e’tiroz yuzasidan holati; 🌀Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rish va bolaning buzilgan huquqlari tiklanishiga oid amaliy jarayon boshlandi. ⚠️Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmanining bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan shaxsiy qabul kuni haftaning har chorshanba kuni 10:00-13:00 ga qadar bo’lib o’tadi. Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily