#monitoring_natijasi
#bolalar_uchun_sharoit_yaxshilandi
🗓Avval xabar berganimizdek, Bolalar ombudsmani noyabr oyida Samarqand viloyatidagi bolalar saqlanayotgan qator muassasalarga monitoring tashrifi doirasida IIB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini
o‘rgandi.
✏️ Bolalar ombudsmani markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib,
bola huquqlarini ta’minlanishida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Markaz faoliyatini takomillashtirish zarurati bo‘yicha
IIVga tegishli
xulosa kiritdi.
✅Bunga javoban Bolalar ombudsmani o‘z xulosasida qayd etgan
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazirlik tomonidan hududiy ichki ishlar organlariga
maxsus ko‘rsatma yuborildi va aniqlangan
muammolarni hal qilish choralari ko‘rildi.
⬇️Xususan, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi ma’muriy binosining ta’mirga muhtoj joylari (
o‘quv xonasi, yotoqxona, sport zali va yuvinish xonalari) sanitariya-gigiyena me’yorlari talablari asosida ta’mirlandi. Bolalar uchun yotoqxonalar sharoiti yaxshilanib, yangi choyshab va yostiq jildlar bilan ta’minlandi.
🚨Shuningdek, Markazning kompyuter qurilmalari internet tarmog‘iga ulandi hamda
yangi maktab darsliklari, sport anjomlari bilan ta’minlangan ravishda
muntazam dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
⌛Bolalar ombudsmani bola saqlanayotgan yopiq muassasasalarda o‘z monitoring faoliyatini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram